Qashqadaryo viloyati hokimligida 61 nafar keksa avlod vakillarini Prezidentimiz tomonidan ta’sis etilgan I va II darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda tumanimizning bir guruh nuroniylari ham O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yillik bayrami arafasida Qashqadaryolik bir guruh nuroniylar 1 va 2 darajali "Mehnat faxriysi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Xususan, I darajali "Mehnat faxriysi" nishoni bilan Geldiyeva Maryam, Xudayqulov Murtoz, Tursunov Ahmad, To‘liyev Polvonqul, II darajali "Mehnat faxriysi" nishoni bilan Qosimov Abduhomidlar taqdirlandi.
Ta`kidlash kerak, tantanali marosimda viloyat hokimi Murotjon Azimov “Mehnat faxriysi” nishonlari va pul mukofotlarini o‘z egalariga topshirdi.