Ijtimoiy tarmoqda “Mirmiron” mahallasidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash va tungi yoritish chiroqlarini almashtirish kabi muammolar ko‘tarib chiqildi.
Ushbu muammolar yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, ushbu chorakda Mirmiron mahallasidagi ta’mirtalab ichki yo‘llarning 250 metri beton yo‘l (Ziyoli ko‘chasi), 200 metri esa asfalt qoplamasi (Ma’rifat ko‘chasi) bilan ta’mirlanishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, mahalladagi ko‘cha chiroqlari homiylik yo`li va dasturlar doirasida bosqichma-bosqich almashtirilib borilishi ko‘zda tutilgan.
Qarshi tumani hokimligi matbuot xizmati.