"Xalq so‘zi" gazetasida chop etilgan “Haqqoniy va xolis so‘z qalblarga chuqur singib, ezgu tuyg‘ularni uyg‘otadi” sarlavhali maqola yuzasidan shuni maʼlum qilamizki, bir vaqtlari jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashgan ulug‘ alloma Abu Muin Nasafiyning uzoq yillar merosi ham, qadamjosi ham eʼtibordan chetda qolib ketgan ekanligini eslatib o‘tmoqchimiz.
Davlatimiz rahbarining qaratgan eʼtiboridan so‘ng Abul Muin Nasafiy ziyoratgohi obod go‘sha bo‘lib, endilikda ushbu majmua nafaqat Qashqadaryoning balki O‘zbekistonimizning faxriga aylandi.
Maqolada keltirilgan fikrlar yuzasidan esa shuni maʼlum qilamizki, Abu Mo‘yin Nasafiy majmuasi yaqinida uy mehmonlarini tashkil etish yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Xususan, turizm va mehmonxona sohasi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga targ‘ibot ishlari olib borilib, ularga imkoniyat yaratish ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari ziyoratgohda doimiy obodonlashtirish ishlari bajarilib kelinmoqda. Xususan, ayni kunlarda Qovchin mahallasida aholi xonadonlari elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 10 kV havo liniyasi hamda 0,4 kV SIP kabellari tortish ishlari to‘liq bajarildi. Maqolada keltirilgan suv tarmog‘i tortish va yo‘lak masalalari yuzasida qo‘shimcha maʼlumot taqdim etamiz.