Qarshi tumani, Mang‘it qishlog‘ida yashovchi 93 yoshli M.Taniyevning nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi qurilishi uchun yer maydoni ajratilishi bo‘yicha qilingan murojaati ijtimoiy tarmoqlar orqali eʼlon qilindi. Ushbu holat yuzasidan hozir kunda tuman va shahar hokimlaridan fuqarolarga yakka tartibdagi uy joy qurish va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun yer maydonlarini ajratish vakolati olinganligini eslatib o‘tamiz.
Shu bois, fuqaroga yer qonunchiligiga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun faqat auksion savdolarida ishtirok etib, yer maydoni ajratilishi mumkinligi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.