Muhtaram Prezidentimiz “Yoshlar bilan ishlash - biz uchun hayot-mamot, xavfsizlik masalasi” deb, yoshlar, talabalar bilan ko‘proq muloqot qilishni, rahbarlarga ta’kidlab keladilar.
Bugun viloyat hokimi TATU Qarshi filialida bo'lib, oliygohning talaba-yoshlari bilan uchrashdi. Ularning istiqbolli loyihalari bilan tanishib, taklif va muammolarini tingladi.
Bugungi kunda oliygohda 3000 ga yaqin yoshlar tahsil oladi. Ular orasida Davlat mukofot va, Prezident stipendiyasi sohiblari bor.
Talaba-yoshlarning loyiha va takliflari bilan o'rtoqlashgan viloyat hokimi joriy yil 11-aprel kuni Prezidentimiz tomonidan “Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” yuzasidan o'tkazgan yig'ilishlarida berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, viloyatda yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha yangicha mexanizm ishlab chiqilayotganini ta'kidladi.
Ushbu tadbirning barcha fotosuratlari bilan tuman hokimligining rasmiy telegram-kanali orqali tanishishingiz mumkin. Rasmiy telegram kanal havolasi: qarshitumaniuz
Qashqadaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati.