Xabaringiz bor, tuman hokimi tashabbusi bilan doimiy tartib asosida yaʼni haftaning har payshanba kuni navbati bilan mahallalarda aholi muammolariga joyida yechim topib borilmoqda.
Ana shunday qabullardan navbatdagisi Gulshan mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazildi. Ushbu qabul davomida 47 nafar fuqarolarning 29 ta murojaati tinglandi. Ushbu murojaatlarning 18 tasiga joyida yechim topildi.
Shuningdek, aholi tomonidan yo‘l, elektr energiyasi, suv, bandlik, kadastr, tadbirkorligini boshlash va yer munosabatlari bilan bog‘liq masalalar yechimi ijrosi bo‘yicha mutasaddi korxona va tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.