Qarshi tumanidagi Quyi Beshkent mahallasida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari asosida qurilish va obodonlashtirish, aholi bandligini taʼminlash va boshqa yo‘nalishlarda qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu mahallada tuman hokimi Zoir Aliqulov ishtirokida "Hokim va yoshlar uchrashuvi" tashkil etildi. Ushbu uchrashuvga 30 nafarga yaqin yoshlar va migrant yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvdagi kabi yoshlarning ota-onalari ham taklif etildi. Ahamiyatlisi, ushbu uchrashuv davomida 10 nafar yoshning murojaati shu kuniyoq hal etiladigan bo‘ldi. Qolgan murojaatlar bo‘yicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.