Bugun tuman hokimligi bilan hamkorlikda Milliy gvardiya Qarshi tumani bo‘limi tashabbusi bilan "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklarini ishonchli qo‘riqlashni taʼminlashda zamonaviy qo‘riqlash signalizatsiya uskunalaridan foydalanishni targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilgan profilaktik ishlar davomida fuqarolarga “Qo‘riqlash” xizmati afzalliklaridan foydalanish, sohaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va yaratilayotgan qulayliklar borasida tushunchalar berildi.
O‘z obyekti yoki xonadonini “Qo‘riqlash” xizmatiga topshirmoqchi bo‘lgan fuqarolar oylik to‘lovlar miqdori, texnik vositalarga xizmat ko‘rsatish tartiblari haqida ham batafsil maʼlumotlar berildi.
Yakunda o‘z xonadon va tadbikorlik subyektlarini qo‘riqqa topshirish istagini bildirgan fuqarolardan belgilangan tartibda arizalar qabul qilindi.
Maʼlumot uchun, uy-joylarni ishonchli qo‘llarga qo‘riqlashga topshirish oylik xizmati 58 mingni tashkil etadi.