“Facebook” ijtimoiy tarmog‘ida tumanning Poshton mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan o‘z mahallasining “Obod qishloq” dasturiga kiritilmaganligi yuzasidan murojaat yoritildi.
Ushbu murojaat bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, “Poshton” mahalla ahli birdam va ahil mahalla ekanligi “Ochiq byudjet” portali orqali eng faolliklarida ham namoyon bo‘ldi.
Ushbu faollik ortidan Poshton mahalla fuqarolar yig‘inidagi "Ochiq byudjet” dasturi doirasida mahalla hududidagi jami 5,75 km ichki yo‘llarga issiq asfalt qoplamasi yotqizildi. Bundan tashqari poshtonliklarning faolliklari bois, “Mening yo‘lim” dasturi doirasida yana 2 km ichki yo‘llar asfalt qoplamasi bilan ta’mirlandi. Shuningdek, Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashining VI-63-69-4-0-K/23-sonli qarori bilan yana 3 km ichki yo‘l ta’mirlandi.
Bundan tashqari, hashar yo‘li bilan homiy tashkilotlar tomonidan 4 ta ko‘p qavatli uy-joy binolari tom qismini ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgan.
Qarshi tumani hokimligi matbuot xizmati.