Sayyor sud majlisida tumanimiz rahbari boshchiligidagi sektor rahbarlari ham ishtirok etdi.
Yurtimizda jazoni ijro etish tizimini yana-da takomillashtirish, mahkumlar bilan ishlash faoliyati samaradorligini oshirish, jinoyatlarni qayta sodir etilish holatlarining oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda. Ushbu jarayon izchil, yakka tartibdagi yondashuvga asoslangan faoliyatni o‘z ichiga oladi.
Bugun Qarshi tumani hokimligida Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi tumani sudi raisi Orzimurod Shukurov raisligida sayyor sud o‘tkazilib, unda ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoni o‘tayotgan 9 nafar probatsiya nazoratida turuvchi mahkumlarga nisbatan taqdimnomalar ko‘rib chiqildi.
O‘rnatilgan talablarni bajarib kelayotgan, mehnatga vijdon bilan yondashadigan, to‘g‘ri yo‘lga o‘tishga qatʼiy qaror qilgan 8 nafar mahkumlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga muvofiq jazoni o‘tashdan shartli ravishda muddatidan avval ozod qilindilar.
Bundan tashqari, axloq tuzatish ishlaridan tizimli ravishda o‘zini olib qochganligi uchun bir nafar mahkumning axloq tuzatish ishlari jazosi ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.