“Zo‘r” telekompaniyasining “Bu kun” informasion dasturida “Qog‘ozda yechilgan amalda o‘z holicha tashlab qo‘yilgan muammo” sarlavha ostida e’lon qilingan lavha yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
“Gulshan” MFY hududi belgilangan davlat dasturlari rejasiga kiritilmagan bo‘lishiga qaramay «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Qashqadaryo hududiy filiali ichki imkoniyatdan kelib chiqib, ushbu hududga iste’molchilarni elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha 2022 yilda 30 dona, 2023 yil 3 iyul holatida 55 dona yangi temir-beton ustunlar yetkazib berilgan bo‘lib, shundan 30 dona temir beton ustunlar maxsus texnikalar yordamida joyida o‘rnatilib, hozirda montaj (simlarni ko‘chirish) ishlari amalga oshirilmoqda.
Hozirda 2023 yilda yetkazib berilgan 55 dona temir beton ustunlarni belgilangan joylarda o‘rnatish uchun loyiha ishlari amalga oshirilmoqda.
Ta’kidlash kerakki, “Gulshan” MFY hududida joriy yil yakuniga qadar elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha navbatdan tashqari keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, ichki yo‘llar ta’miri bo‘yicha ham o‘rganishlar olib borilmoqda.
Qarshi tumani hokimligi matbuot xizmati.