Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida aholi turmush farovonligini taʼminlash, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo‘lida barcha saʼyi-harakatlar amalga oshirilmoqda.
Bu borada belgilangan vazifalar ijrosi ustidan parlament nazoratini olib borish, aholi bilan muntazam ravishda muloqot qilish, zarur holatlarda mahalliy davlat organlariga ko‘maklashish yuzasidan Oliy Majlis Senati aʼzolari muntazam ravishda mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator Gulnora Marufova viloyat hokimi o`rinbosari Komila Karomova bilan birgalikda tumanimizda o`
rganishlar olib bordi.
Dastavval senator tumanning eng diqqatga sazovor majmualaridan biri bo`lgan "Abu Mo`
yin Nasafiy" majmuasida bo`lib, kalom ilmining mashhur allomasi, mutafakkir qadamjosini ziyorat qildi.
Shu kuni Gulnora Marufova tumandagi Shodlik MFY "Mustafobek ko`klam dalasi" fermer xo
jaligida paxta terimi bilan band bo`lgan xotin-qizlar bilan uchrashdi. Munosib mehnat sharoitlari yaratilganligi terimchilar tomonidan bildirib o
`tildi. Faol terimchi xotin-qizlarga esa sovg`a-salomlar ulashildi.
Shuningdek, senatorning tumanimizga tashrifi davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan xotin-qizlar hamda yoshlar holidan ham xabar olindi.