O‘tgan 2023 yil ikkinchi bosqichi davomida Qarshi tumanida ovoz berish jarayonida 7 ta loyiha g‘olib deb topildi. Ularni moliyalashtirish uchun 9 milliard 100 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Loyihalardan 6 tasi ichki yo‘llar taʼmiri bo‘yicha bo‘lib, hozirgi kunda taʼmirtalab ichki yo‘llar ravon, manzillar obod bo‘ldi.
Xususan, Uzumzor mahallasining 2 500 metr, Mang‘it mahallasining 3 km, Potron mahallasi Yangi hayot ko‘chasining 2890 metr hamda Tallikuron mahallasidagi 2 380 metr ichki yo‘llar taʼmirlandi.
Amaldagi nizomga muvofiq, g‘olib deb topilgan loyihalar bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ushbu takliflarni ilgari surgan fuqarolar jalb qilingan holda, ishlab chiqildi.