Qarshi tumanida oilalarda sog‘lom muhitni taʼminlashga qaratilgan ko‘plab targ‘ibot va turli tadbirlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Muhit yaxshi emas bo‘lgan oilalarda tushuntirish ishlari olib borilib, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga esa himoya orderi berilib, davlat himoyasi taqdim etilmoqda.
Xususan, “Qovchin” MFY da istiqomat qiluvchi oilalarning birida er-xotin o‘rtasida bir necha bor kelishmovchilik kelib chiqqan, 1984 yilda tug‘ilgan vaqtincha ishsiz N.A. ichkilik taʼsirida turmush o‘rtog‘i 1985 yilda tug‘ilgan K.S.ga tazyiq va zo‘ravonlik ko‘rsatib, doimiy tan jarohati yetkazib kelganligi aniqlandi.
Eri tomonidan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan K.S.ga "himoya orderi" berildi. Nazorati mahalladagi xotin-qizlar faoliga topshirildi.