Qarshi tumani hokimi tashrif doirasida Xitoy Savdo sanoat palatasi Szibo shahri bo‘limi rahbari Li Syuchin xonim bilan xamkorlik aloqalarini rivojlantirish yuzasidan muzokaralar olib bordi.
Uchrashuv avvalida tuman rahbari Li Syuchin xonimga amaliy uchrashuvga taklif etilganligi uchun minnatdorchilik ramzi sifatida estalik sovg‘alar taqdim etdi. Tuman rahbari ushbu tashrif ikki tomonlama hamkorlikni debochasi bo‘lib tomonlar o‘rtasidagi munosabatni sifat jixatdan yangi bosqichga olib chiqilishiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Xitoy Savdo sanoat palatasi Szibo shahri bo‘limi rahbari Li Syuchin xonim o‘rtasida qator masalalar yuzasidan muzokaralar olib borildi. Ushbu muzokaralar davomida ikki tomonning ishbilarmonlari o‘rtasida doimiy “muloqot maydoni”ni yaratishga qaratilgan “Qashqadaryo viloyati investitsion salohiyati” mavzusidagi biznes-forum tashkil etish bo‘yicha kelishildi.
Shu kuni muzokalar natijasida ushbu yilning oktyabr-noyabr oylarida Szibo shahrida o‘tkaziladigan forumda Qashqadaryo viloyatida ishlab chiqariladigan mahsulotlar bilan ishtirok etish hamda viloyat mahsulotlarini Szibo shahriga eksport qilish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.
Uchrashuv so‘nggida tuman hokimi va tadbirkorlardan iborat delegatsiya Szibo shahrining yirik kompaniyalari faoliyati bilan tanishdi.
T.Turdiyev,
Qarshi tumani hokimi matbuot kotibi.