Deputatlar, mas’ul rahbarlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida Xalq deputatlari Qarshi tumani kengashining navbatdagi 77-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishida Qarshi tumanida.ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlash va aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash yuzasidan tumanda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida Qarshi tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Xasan Turdiyev, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 noyabrdagi 709-son qarori yuzasidan Qarshi tumanida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Usmon Normo‘minov, Qarshi tumanida 2023 yilda “Ayollar daftar”ning 4-bosqichiga kirgan xotin-qizlarga amaliy yordam ko‘rsatilganligi bo‘yicha tuman hokimi o‘rinbosari Shohista Begimqulova, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5040-son Qarori ijrosi yuzasidan Qarshi tuman Ma’naviyat va targ‘ibot markazi tomonidan 2023-yilning 9 oyi davomida tumanda amalga oshirgan ishlari yuzasidan markaz boshlig‘i Jasur Luftiyevlarni hisoboti tinglandi.
Shuningdek, tuman maktab va maktabgacha ta’lim mudiri Anvar Eshonqulov va Qarshi tumanida yashovchi ijtimoiy himoya va ko‘makka muhtoj fuqarolarga moddiy yordam berish to‘g‘risida Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Dilshod Tursunovlarning ham hisoboti tinglanib, bir qator muhim qarorlar qabul qilindi.
Barcha qarorlar "e-qaror.gov.uz" saytida e’lon qilib borilmoqda.
T.Turdiyev,
Qarshi tumani hokimi matbuot kotibi.