Tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasiga tumanimizning Navoiy MFY hududida daraxt kesilayotgani yuzasidan kelib tushgan murojaat tezkorlik bilan joyiga chiqib o‘rganildi.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiya masʼullari, tuman Milliy gvardiya xodimlari va profilaktika inspektori aytilgan manzilga borib, o‘rganish olib borishganda holat o‘z tasdig‘ini topdi.
Aniqlandiki, fuqaro P.M tomonidan besh dona eldor qarag‘ayi va bir dona qurigan daraxtlar tag qismidan noqonuniy kesilganligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan o‘rganish ishlari davom etmoqda, uning natijalari yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot beriladi.