Bugungi kunda aholi muammolarini hal etish yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlarning asosiy yo'nalishlaridan biri bo'lib, Qarshi tumanida ham bu borada tuman hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari ishtirokida haftaning har payshanba kuni fuqaro qabullari o‘tkazilmoqda.
Ushbu qabullar davomida tumandagi barcha mutasaddi tashkilot vakillari ishtirokida fuqarolarimiz muammolari tinglanib, ularni hal etish bo'yicha mas'ul soha rahbarlariga topshiriqlar berilib, aholi murojaatlarining ayrimlari joyida hamda qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan muammolarni qisqa fursatda hal etish choralari ko‘rilmoqda.
Ushbu tadbirning barcha fotosuratlari bilan tuman hokimligining rasmiy telegram-kanali orqali tanishishingiz mumkin. Rasmiy telegram kanal havolasi: qarshitumaniuz
T.Turdiyev,
Qarshi tumani hokimining matbuot kotibi.