Bugun Qarshi tumani hokimligiga Xitoy tadbirkorlari Jet Liyuye va Xitoyning "NOAH ARK" kompaniyasi ijrochi direktori Xelena Chenlar tashrif buyurishdi. Shu kuni tuman hokimi va Xitoylik tadbirkorlarning uchrashuvi o‘tkazildi.
Ushbu uchrashuvda tadbirkorlar bilan Qarshi tumani hamkorligini o‘rnatish, eng avvalo paxtani qayta ishlash, sunʼiy tola, qurilish materiallarini ishlab chiqarish hamda tumanda quyosh fotoelektrstansiyasini barpo etish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.
Tuman rahbari va tadbirkorlar Xitoy zamonaviy qurilish yo‘nalishlari yordamida tumanda turar-joy komplekslari barpo etish masalasida ham fikr almashdilar.
Ushbu uchrashuv so‘nggida mazkur hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali yaqin kunlar ichida amaliy ishlarga qo‘l urish hamda ijobiy natijalarga erishilishi taʼkidlandi.
T.Turdiyev,
Qarshi tumani hokimi matbuot kotibi.