Yangi Xonabod mahallasida tuman hokimi, sektorlar va tashkilot rahbarlari ishtirokida fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazildi.
Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda uy-joy, moddiy yordam, kommunal xizmat, bank xizmatlari, sog‘liqni saqlash, bandlik, yer ajratish, tadbirkorlik va boshqa masalalarga oid 40 nafardan ziyod fuqarolarning 70 ga yaqin murojaatlari tinglandi.
Qabul davomida barcha murojaatlar tegishlicha o‘rganildi, ko‘pchiligiga shu joyning o‘zida yechim topildi va vaqt talab etadigan murojaatlar tegishli tashkilotlar yordamida ularning ijrosini taʼminlashga qaratildi.