Unda tuman hokimi qator tayinlovlarni o‘qib eshittirdi.
Qashqadaryo viloyati hokimligi Gender tenglikni taʼminlash va xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelayotgan Begimqulova Shohista Murodillayevna - Qarshi tumani hokimi o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.
Qarshi tumani hokimligi ijro intizomi nazorati bo‘limi bosh mutaxassisi vazifasida ishlab kelayotgan Qo‘ldoshov Nuriddin Nurmatovich - Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Qarshi tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikga ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchisi etib tayinlandi.
“Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi lavozimida mehnat qilib kelayotgan Tursunov Dilshod Xamroyevich - Xalq deputatlari Qarshi tumani Kengashi kotibiyati mudiri lavozimida ish boshladi.
Yig‘ilishda tuman rahbari tomonidan barcha yangi tayinlangan xodimlar 3 oylik sinov muddati bilan ishga qabul qilinganligi taʼkidlanib, ushbu va faoliyat yuritib kelayotgan barcha apparat xodimlari halollik, ochiqlik va adolatni o‘z ishida taʼminlashi lozimligi alohida taʼkidlandi.