Tuman hokimi Qarshi tumanida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazdi.
Muloqot davomida tumanda tashkil etilgan kichik va yoshlar sanoat zonalari, 2023 yil hududiy investitsiya dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalar tadbirkorlar ishtirokida muhokama etildi.
- Birgalikda intilishimiz kerak, halol, pok va vijdonan harakat qiladigan tadbirkorni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelayapmiz, - dedi tuman rahbari. - Chunki, sizlarning faoliyatingiz rivojlansa, tumanimiz yana-da rivoj topadi, Masala bo‘lsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri menga yoki o‘rinbosarlarimga murojaat qilishlaringni so‘rab qolamiz.
Aytish kerak, ushbu muloqot davomida tadbirkorlarning faoliyati yana-da rivoji uchun muhim bo‘ladigan masalalarda ko‘mak ko‘rsatilishi taʼkidlab o‘tildi.
Ushbu ochiq muloqotda tadbirkorlar tomonidan tabiiy gaz, elektr energiyasi bilan taʼminlash, kredit olish hamda yer ajratish masalalarida qilingan murojaatlarini ijobiy hal etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Ahamiyatlisi, tuman rahbarining taklifiga binoan tadbir so‘ngida ushbu kabi uchrashuvlar har oyda bir murotaba o‘tkazib turilishiga kelishib olindi.