Tumanimizda kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga qo‘lidan kelgancha yordam ko‘rsatishga shay bo‘lgan rahbarlar, tadbirkorlar soni kundan-kunga ortib bormoqda.
Kirib kelayotgan Ramazon hayiti arafasida tumanimizda bu kabi ishlar yana-da keng quloch yoymoqda.
Taʼkidlash kerak, bugun tuman prokurori Tog‘murod Murodov tumandagi bir nechta oilalar xonadonlariga tashrif buyurib, ularning holidan xabar olindi. Ham moddiy, ham maʼnaviy ko‘mak berildi.