Prezidentimizning PQ-115 sonli hamda Qashqadaryo viloyati hokimining 199-4-0-Q/23 sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida tumanimizda futbol va mini futbol sport turini keng ommalashtirish hamda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida Qarshi tumanida erkaklar va ayollar futboli hamda mini futbol bo‘yicha futbol jamoalari tashkil etiladi. Ushbu jamoalarning musobaqalarda muntazam ishtirok etishi taʼminlanadi.
Shu o‘rinda, tumanimizda futbolni ommalashtirish uchun ulkan zamin yaratilganligini yana bir bor eʼtirof etib o‘tish joiz. Xususan, tumanda necha yillardan buyon qarovsiz yotgan Beshkent “Markaziy” o‘yingohi qaytadan yangilandi. Ushbu saʼyi-harakat ortidan mahalla yoshlari o‘rtasida endilikda turli sport musobaqalariga tumanimiz mezbonlik qilmoqda. Tuman rahbarining mazkur qarori bilan esa yaqinda tashkil etilgan “Beshkent” futbol klubi orqali professional futbol klublari uchun sifatli o‘yinchilar tarbiyalash, tumanimiz hududidagi iqtidorli yosh futbolchilarni aniqlash hamda barcha yosh toifasidagi tumandoshlarimizni ommaviy futbolga jalb etish maqsadida zarur shart-sharoitlar ko‘rish maqsad qilingan. Ushbu qaror bilan seleksiya ham tumanimizda yana-da yaxshilanadi.
Shu o‘rinda yaqindagina tashkil etilgan “Beshkent” futbol klubining futbol bo‘yicha "Qashqadaryo viloyati hokimi kubogi"da ikkinchi o‘rinni qayd etganligi ham tumanimizda futbolni rivojlantirish uchun qilingan sayi-harakatlar ko‘p o‘tmasdanoq natija berayotganligidan dalolat bermoqda.