Qaror ilovasida qayd etilishicha, "Beshkent Markaziy o‘yingohi" (sig‘imi-4 500), "Yoshlar hiyoboni" (sig‘imi-5 000), "Markaziy istirohat bog‘i" (sig‘imi-2 500), Sport maktabi o‘yingohi (sig‘imi-2 500) da ommaviy tadbirlar tashkil etilishi belgilangan.
Ushbu qarorda yuklatilgan vazifalarga ko‘ra ro‘yxatdagi joylar yong‘inga qarshi xavfsizlik, tez tibbiy yordam ko‘rsatish, evakuatsiya qilish, kommunikatsiya, muhandis-texnik himoya vositalari va ommaviy tadbir ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlashning boshqa vositalari va tizimlari bilan jihozlanganligi yuzasidan maskanlar pasporti tayyorlanadi.
Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimi birinchi o‘rinbosari X.Turdiyev, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari U.Raximov zimmasiga yuklatildi.