Davlatimiz rahbarining joriy yil 28 iyul kuni o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvaqt oldini olish, bu borada beshlik va mahalla faollarining masʼuliyatini oshirish, kriminogen vaziyatni jilovlash bo‘yicha masʼullarga aniq vazifalar qo‘yib, tegishli topshiriqlar bergandilar.
Belgilangan vazifalar yuzasidan tuman hokimi Bexzodjon Yusupov, tuman prokurori Tog‘murod Murodov, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Nurali Ovlayev, tuman DSI boshlig‘i Otabek Badalov tumandagi 58 ta mahalla “beshligi” bilan muloqot o‘tkazdi.
Unda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, aholining osoyishtaligi, eng avvalo, mahallada jinoyatlarni oldini olish, ijtimoiy profilaktikani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish lozimligi taʼkidlandi.
Shuningdek, kriminogen vaziyatni mahallalarda jilovlashda mahalla oqsoqollari va nuroniylar ko‘magidan samarali foydalanish lozimligi, bu esa profilaktika inspektorining ishini yengillashtirish bilan birga ish natijadorligini oshishiga ham xizmat qilishi taʼkidlandi.