O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi "Prezident ta`lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog`ini kengaytirish to`g`risida"gi PF-106-sonli farmoni va Qashqadaryo viloyati hokimining 2023-yil 10-iyuldagi "Fanlar chuqur o`qitiladigan maktablar hamda maktab-internatlarni umumiy o`rta ta`lim maktablari sifatida qayta tashkil etish to`g`risida"gi 306-4-0-Q/23-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida tuman rahbari fanlar chuqur o`qitiladigan maktablarni umumiy o`rta ta`lim maktablari sifatida qayta tashkil etish to`g`risida qarorni imzoladi.
▪️Qarorga ko`ra:
Tumandagi 1,33 va 65 - ayrim fanlar chuqur o`qitiladigan sinflari mavjud umumiy o`rta ta`lim maktablari umumiy o`rta ta`lim maktabi sifatida qayta tashkil etiladi.
▪️Bunda:
➖Fanlar chuqur o`qitiladigan maktablar 2023/2024 o`quv yilidan boshlab umumoy o`rta ta`lim maktablari sifatida qayta tashkil etiladi;
➖fanlar chuqur o`qitiladigan maktablar faoliyati ushbu maktablarda ixtisoslashtirilgan dasturlar asosida ta`lim olayotgan o`quvchilar o`qishini bitirguniga qadar davom ettiriladi;
➖ fanlar chuqur o`qitiladigan maktablarning rahbarlariga hamda ixtisoslashtirilgan fanlardan dars o`tganligi uchun pedagog kadrlariga amalda belgilangan qo`shimcha ustama haqlar ushbu maktablardagi ixtisoslashtirilgan sinflar faoliyati tugatilguniga qadar saqlab qolinadi.