Davlatimiz rahbarining 2021-yil 2-apreldagi “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5050-sonli qarori ijrosida belgilangan vazifalar yuzasidan tuman hokimi hamda tuman IIB boshlig‘i Nurali Ovlayev hududdagi mahalla profilaktika inspektorlari bilan muloqot qildi.
Suhbat davomida soha xodimlari o‘z xizmat faoliyatida vujudga kelayotgan ba’zi muammolar yuzasidan sektor rahbarlariga murojaat qilishdi. Barcha ko‘tarilgan masalalar nazoratga olinib, ijrosi bo‘yicha mas’ullarga muddatlari aniq belgilangan manzilli topshiriqlar berildi.