Mustaqillik bayrami arafasida tumanimizda 2 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Xususan, Uzumzor mahallasida 50 o‘ringa mo‘ljallangan oilaviy bog‘cha, Saroy mahallasida esa 120 o‘rinli davlat xususiy sheriklik asosidagi MTT ish boshladi.
Maʼlumot uchun, bugungi kunda Qarshi tumanida 244 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu maktabgacha taʼlim tashkilotlarining faoliyat boshlashi natijasida qamrov darajasi 68 foizga yetdi.