Qarshi tumanida vatanparvarlik aksiyasi - "uch avlod uchrashuvi" o‘tkazildi.
Ushbu uchrashuv Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qarshi tumani bo‘linmasi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash viloyat va tuman bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, tuman xalq ta’limi bo‘limi va tuman madaniyat bo‘limi hamkorligida "Jumabozor" MFYda joylashgan 55 - sonli umumta’lim maktabida tashkil etildi.
Ajoyib va qiziq kechgan uchrashuvda yangragan kuy-qo`shiqlar raqslarga ulanib ketdi.
Uchrashuv yakunida tashkilotchilar tomonidan nuroniylar, shuningdek faol yoshlarga ham tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
To‘lqin Turdiyev,
Qarshi tumani hokimining matbuot kotibi.