Viloyatdagi istemolchilarini elektr energiyasi bilan bogʻliq boʻlgan muammolarini bartaraf etish hamda ta'minot barqarorligini oshirish maqsadida Davlat dasturlari doirasida 1 349,3 km elektr tarmog'ini va 365 dona transformator punktini yangidan qurish va rekonstruksiya ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Ushbu ishlar boʻyicha loyiha-smeta xujjatlari ishlab chiqilib, hozirgacha 209 dona transformator hududlarga yetkazib berildi. Shundan 182 dona transformator qurilmasi oʻrnatilib 363,9 km elektr uzatish tarmog'ida yangidan qurish va rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-408-son Qarori doirasida Qashqadaryo viloyatida belgilangan mahallalardagi 48 ta obyektda jami 11,4 km elektr uzatish tarmog'i va 21 dona transformator punktida yangidan qurish, rekonstruksiya va modernizatsiyalash va taʼmirlash belgilangan.
Filial tomonidan ushbu mahallalardagi aholi honadonlarini elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida o'rganishlar olib borildi va 148 ta obyektda jami 291,8 km elektr uzatish tarmog'i hamda 94 dona transformator punktini yangidan qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya bo'yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqildi. Ayni paytda 85 dona transformator punkti joylarga yetkazib, oʻrnatildi. 271,2 km elektr uzatish tarmogʻida yangi qurilish va rekonstruksiya ishlari amalda bajarildi.