Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra "Obod xonadon-obod ko‘cha-obod mahalla" tamoyili asosida keng ko‘lamli xayrli ishlar olib borilayotgan Qarshi tumanidagi Quyi Beshkent mahallasida viloyat va tuman markazidan borgan malakali mutaxassislar tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar tashkil etildi.
Tadbirda 400 nafarga yaqin fuqarolar ko‘rikdan o‘tkazildi. Turli kasalliklar aniqlangan fuqarolarga tuman markaziy shifoxonasi, viloyat tibbiyot muassasalarida davolanish uchun yo‘llanmalar berildi.
Unda viloyat shifoxonalaridan endikrinolog, kardiolog, LOR, dermatolog, psixiatr, nevropatolog, oftalmolog, urolog mutaxassislari ishtirokida laboratoriya, EKG va skrining tekshiruvlari o‘tkazildi.