Xabaringiz bor, Prezidentimiz 11 apreldagi yig‘ilishda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinishini ta’kidlab, 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlari o‘rganilib, ular 3 toifaga ajratilgani va endilikda ular bilan manzilli, aniq mezonlar asosida ishlash kerakligi bo‘yicha topshiriq bergan edi.
Berilgan topshirikdan kelib chiqib, viloyatdagi 916 ming 871 nafar yoshlar yashil, sariq va qizil toifalarga ajratildi. O‘rganishlarga ko‘ra, 394 ming 067 nafar (43%) yoshlar – yashil, 522 ming 804 nafar (57%) yoshlar - sariq va 39 ming 812 nafar yoshlar qizil toifaga ajratib olindi.
Ular Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, individual ishlash uchun viloyat, tuman (shahar) rahbarlariga nomma-nom biriktirildi. Yoshlarga biriktirilgan masu’llar bilan ishlash, ularga amaliy yordam berish bo‘yicha viloyat shtabi tashkil etildi.
Viloyat hokimi Murotjon Azimov ham 55 nafar yoshni ijtimoiy reabilitasiya qilish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilib oldi. Ushbu yoshlarning har biri bilan uchrashib, ularning muammo va takliflarini o‘rganishni Qarshi tumanidagi yoshlardan boshladi.
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yoshlarni biriktirib berish tizimining joriy etilgani ota-onalar, yoshlarimizni mamnun qilmoqda.
Ushbu tadbirning barcha fotosuratlari bilan tuman hokimligining rasmiy telegram-kanali orqali tanishishingiz mumkin. Rasmiy telegram kanal havolasi: qarshitumaniuz
Qashqadaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati.