Viloyat hokimligida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari - Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshlig‘i general-mayor Davron Nazarmuxamedov hamda viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligida ishchi guruh o‘rganishlarining yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyatda sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish borasida amaliyotga tadbiq etiladigan “Qashqadaryo tajribasi” taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Keng ko‘lamli yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan Qarshi shahridagi kriminogen vaziyati eng og‘ir “qizil” toifadagi “Alisher Navoiy” nomli mahalla tanlab olinib, mazkur mahallani tajriba sifatida “jinoyatdan xoli mahalla”ga aylantirish choralari ko‘rilishi yuzasidan aniq choralar ko‘rilishi belgilandi.
Shu bilan mazkur taqdimotda yig‘ilish ishtirokchilari eʼtiboriga yetkazilgan jinoyatlarni jilovlashning “Qashqadaryo tajribasi”ni boshqa hududlarida ham qo‘llash borasida tegishli tavsiyalar berildi.
Qashqadaryo viloyati hokimligi
Axborot xizmati.