Assalomu alaykum, Hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari!
Joriy yilning 24-25 oktyabr kunlari Muhtaram Prezidentimiz Qashqadaryoga tashriflari davomida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishish jarayonlarida tumanimizdagi Tibbiyot birlashmasiga va 12-sonli maktabga tashrif buyurib, tumanimizda Tibbiyot sohasini rivojlantirish va taʼlim sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalarni biz sektor rahbarlariga belgilab berdilar.
Ushbu topshiriqlardan kelib chiqqan holda, biz, sektor rahbarlari ham o‘z oldimizga kelgusida turgan vazifalarni yana bir bor belgilab oldik.
Hurmatli Mahalla faollari,
1. Aholini bandligini taʼminlash maqsadida tumanimizda “20 ming tadbirkor va 500 malakali mutaxassis dasturi” doirasida 44 ta tadbirkorlik subyektlariga imtiyozlar berilishi hisobiga yaratiladigan yangi ish o‘rinlariga 3.4 ming nafar ishsizlar ishga joylashtiriladi;
2. Hududiy investitsiya dasturlari doirasida qiymati 168,7 mln. dollarlik 61 ta loyihalarni foydalanish topshirilishi va yangi shakllantirilgan 16,2 mln. dollarlik 6 ta yirik loyihalarni amalga oshirilishi natijasida 1343 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Misol uchun; 600 ming pg/metr mato va gazlama ishlab chiqarish quvvatiga ega umumiy qiymati 7,4 mln. dollarga teng bo‘lgan “Qarshi agro klaster” MCHJ hamda “Beshkent agro klaster” MCHJlar tomonidan mato va gazlama ishlab chiqarish loyihalarini ishga tushirish hisodiga 200 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
3. Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 33 mlrd. so‘m imtiyozli kredit ajratilib 1,7 ming nafar fuqarolarning bandligi taʼminlanadi;
4. Bugungi kunda 3 ta sanoat zonasida 3,6 gektar maydon bo‘sh turibdi. Ushbu yerlarda 39 ta yangi loyihani amalga oshirib, 500 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
5. Dehqonchilik qilish uchun 100 gektar ekin yer maydonlarini ijara asosida ajratib, 300 nafarga yaqin aholi bandligi taʼminlanadi.
6. Mahallalarda qiymati 31,3 mlrd so‘m bo‘lgan 127 ta kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish mikroloyihalarini ishga tushirish hisobiga 200 nafar aholi band qilinadi.
7. Aholini tadbirkorlik va o‘zini-o‘zi band qilish faoliyatiga jalb qilish uchun subsidiya asosida 1,4 mlrd. so‘mlik mehnat qurollari va asbob-uskunalar olib berilib, 400 nafar fuqarolar band qilinadi.
8. Bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish va yo‘l bo‘yicha xizmat ko‘rsatish va savdo obyektlarini tashkil etish hisobiga 900 nafar ishsizlarning bandligi taʼminlanadi.
9. Tumanimizda 54 ta investitsiya loyihalarini tashkil etish orqali 2336 nafar fuqarolarning bandligini taʼminlanadi.
10. 2024 yilning 1-choragiga qadar “Baxt” fermer xo‘jaligining Savdo va maishiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish orqali 25 nafar, "Beshkent Agro Klaster" MCHJ Ip-kalava ishlab chiqarishni tashkil etish orqali 250 nafar, "QARSHI AGRO KLASTER" MCHJ Ip-kalava ishlab chiqarishni tashkil etish orqali 200 nafar, "OMAD START" MCHJ tomonidan tomchilab sug‘orish uskunalarini ishlab chiqarishni kengaytirish orqali 130 nafar, jami 575 nafar fuqarolarning bandligi taʼminlanadi.
Aziz tumandoshlar!
Tumanda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, birinchi navbatda, asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha 3 109 tonna (shu jumladan, kartoshka – 826 tonna, piyoz – 592 tonna, sabzi – 1 248 tonna, guruch – 443 tonna) hamda 28,4 ming tonna ko‘mir va 780 tonna suyultirilgan gaz zahirasi yaratish ustida ish olib borilmoqda;
- 180 kilometr elektr tarmoqlari va 72 ta transformatorlar taʼmirlanmoqda;
- ijtimoiy soha obyektlari, tadbirkorlik subyektlari hamda aholi xonadonlariga jami 3600 kVt quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatilishi taʼminlanadi. Tuman Ichki ishlar bo‘limiga tunu kun ish faoliyat olib boradigan shtab tashkil etiladi.
Joriy yil oxirigacha:
-hashar yo‘li bilan 3 ta mahallarning 5 km ichki yo‘llar shag‘allashtirishni yakunlash;
-davlat dasturlari asosida belgilangan 6 ta mahallalarning 14.5 km ichki yo‘llari asfaltlashtirish, Qoratepa mahallasida 30 km ichimlik suv tarmog‘ini qurish, Lagandi mahallasida yangi QVP binosini qurish, Uzumzor mahallasidagi 2-maktabga qo‘shimcha 330 o‘rinli maktab binosi qurish ishlarini amalga oshiriladi. Bundan tashqari Mevazor mahallasida qurilayotgan 3 ta 1 podyezdli 5 qavatli uylar foydalanishga topshiriladi.
Muhtaram Prezidentimizning tashriflari davomida berilgan topshiriqlari hamda Davlat dasturlari asosida 2024 yilda:
- Tumanimizda 200 o‘rinli zamonaviy yangi shifoxona binosini;
- Chaman MFY dagi Yangi O‘zbekiston massivida 660 o‘rinli yangi maktab binosini qurish;
- Kerayit MFYdagi 29-maktab va Chorag‘il MFY dagi 11-maktab binolari;
- Shoyxo‘ja MFYdagi 16-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotini;
- Poshton MFYdagi OSHP punktini mukammal taʼmirlash;
- Yoshlar markazi binosini qurish;
- Beshkent markazidagi 7 ta mahalla aholisini doimiy oqova suv bilan taʼminlash maqsadida R-19 kanalidan R-18 kanaliga keluvchi 4 kmlik beton kanalini qurish;
Shuningdek mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan:
-2 ta QVP binosini kapital taʼmirlash va 1 ta QVP binosini qayta qurish;
- Markaziy Istirohat bog‘ini taʼmirlash va jihozlash;
- Motamsaro ona monumentini rekonstruksiya qilish;
- Nuroniylar maskani va choyxonasini qurish;
- 5 dona vagon tipidagi shifokorlik punktini tashkil etish;
- Xazrati Sulton ziyoratgohiga boruvchi 1.3 km piyodalar yo‘lagini qurish;
- tumanda havfsiz xudud konsepsiyasi doirasida Ichki ishlar bo‘limida Vaziyatlar Markazini tashkil etish (bunda zamonoviy 30 dona ko‘zatuv kameralarini o‘rnatish bilan bir qatorda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldi olinadi);
- tuman Markazida yoshlar talabidan kelib chiqib, “WI-FI HOTSPOT” markazini tashkil etish ishlari amalga oshiriladi.
Qadrli yig‘ilish ishtirokchilari!
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan tashabbusning mazmun mohiyatini, azaliy milliy qadriyatlarimizni o‘g‘il-qizlarimizga tushuntirishimiz, Vatanimizni bog‘-u bo‘stonga aylantirish ishiga o‘z hissasini qo‘shishga chorlashimiz lozim.
Tumanimizda joriy yilning kuz mavsumida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 500 ming dona mevali va manzarali daraxtlar ekish ishlari amalga oshirilmoqda.
Har bir xonadonlarga 20 donadan daraxt ekishga, mahallalarimiz barcha ko‘chalariga va har bir korxona va tashkilotlar “Korxona va tashkilotlar bog‘lari” tashkil etishga chaqiraman.
Daraxt ekish va uni parvarishlashni majburiyat emas, qadriyat sifatida qabul qilaylik! Oldimizda turgan yuksak marra va maqsadlarni amalga oshirish uchun ayni kunlardan harakatni boshlamoq, kuz oylarida sidqidildan mehnat qilib, daraxt ko‘chatlarini ekish bilan birga undirib olish–chin insoniy vazifamiz bo‘lsin!
Ekologik vaziyatdan kelib chiqib, daraxt ekish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi bejiz emas.
Har birimiz shu jarayonning faol ishtirokchisiga aylanaylik. Zero, daraxt ekish ko‘pning ishi, har bir kishi o‘z uyida, ko‘chasida, ish joyida bir tupdan ko‘chat qadasa ham yurtimiz yana-da obod bo‘lib boraveradi.
Ulkan Vatan bog‘ini ko‘rkam va fayzli bo‘lishiga munosib hissa qo‘shing.
Ko‘chat ekib, bog‘ yarating. Bu o‘g‘il-qizlarimiz uchun ibrat, ona tabiatni asrab avaylash yo‘lida ezgu harakat hamda sizdan qoladigan boy merosdir.
Har birimiz kelajak avlod oldidagi burchimizni chuqur his qilgan holda, “Yashil makon” loyihasini umumxalq milliy harakatiga aylantiraylik!
Eʼtiborlaringiz rahmat!