Nasaf telekanali orqali Qarshi tumani, “Xoniyon” mahallasidagi Yuksalish va Munis ko‘chalarida “Tashabbusli byudjet” loyihasi asosida sentyabr oyida sifatsiz asfalt qoplamasi yotqizilgani, shuningdek, mahallada ichimlik suvi va chiqindilar bilan bog‘liq muammolar yuzasidan tanqidiy lavha efirga uzatildi.
Ushbu holat yuzasidan loyiha doirasida qurilish ishlarini olib borgan pudratchi tashkilot - "413 sonli MMKK" MCHJ vakillariga sifatsiz asfalt qoplamasi yotqizilgani bo‘yicha tushuntirishlar olib borildi. Shuningdek, ko‘tarilgan ichimlik suvi va chiqindilar bilan bog‘liq muammolar tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinobosari Olimjon Ochilov nazoratiga olindi.