Bugun Qarshi tumani hokimligi rahbariyati tashabbusi bilan Xitoyning Shandun provinsiyasidagi yirik sanoat shahri hisoblangan Zibo shahri vakillari va tadbirkorlari bilan video muloqot boʻlib oʻtdi.
Unda Zibo shahri meri o‘rinbosari Van Chun, Tashqi aloqalar departamenti boshlig‘i Chjan Sinchjen hamda viloyat Innovasion rivojlanish hududiy boshqarma boshlig‘i Olimjon Movlanov va Qarshi tumani hokimi o‘rinbosari Mansur Geldiyev hamda Xitoylik tadbirkorlar ishtirok etdi.
Muhokamalar davomida Zibo shahri hamda Qarshi tumani o‘rtasida tomonlarning salohiyatidan samarali foydalanish, teng huquqli va oʻzaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini uzoq muddatga oʻrnatish borasida kelishib olindi.
Ushbu hamkorlik natijasida ikki shahar o`rtasida fan-ta`lim, sanoat, innovatsion loyihalar, raqamli texnologiya, sog`liqni saqlash, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, savdo, madaniyat, turizm, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish rejalashtirilgan.
T.Turdiyev,
Qarshi tumani hokimining matbuot kotibi