Tumanimiz bo‘ylab yangilanayotgan Konstitutsiyaga bag‘ishlangan "Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari!" shiori ostida poytaxtdan tashrif buyurgan taniqli olimlar, professor-o‘qituvchilar va sanʼatkorlardan iborat guruhlar ishtirokida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri bugun Qoratepa, Jumabozor va Omontepa mahallalarida tashkil etildi. Uchrashuvda poytaxtdan tashrif buyurgan bir guruh ziyolilar, taniqli olimlar va madaniyat hamda sanʼat ahli yig‘ilganlarga yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini xalqchil tilda batafsil sharhlab berishdi.
Samimiy o‘tgan ushbu uchrashuvda taniqli shaxslar bilan mahallalar ahli yangilanayotgan Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha fikr almashishdi. Shundan so‘ng, hushovoz xonandalar kuy-qo‘shiqlari bilan targ‘ibot tadbiri davom etdi.
Maʼlumot o‘rnida, ushbu kabi tadbirlar tumanimiz mahallalari bo‘ylab davom etadi.
Qarshi tumani hokimligi matbuot xizmati