Bugun Qarshi tumani hokimligi, FVB, IIB, Milliy Gvardiya, tuman prokuraturasi va Hududgazta'minoti Qashqadaryo filiali mas'ullaridan iborat ishchi guruh uchun targ'ibot seminari o`tkazildi.
Seminar avvalida tuman rahbari sovuq kunlarda aholiga sidqidildan ko`mak ko`rsatayotgan barcha fidoyilarga minnatdorchilik bildirib, sohaga yanada katta ahamiyat qaratilishi lozimligini uqtirib o`tdi.
Tadbirga yig`ilgan mas`ullarga seminar davomida hushyorlikka undovchi ko`rgazmali seminar va targ`ibot flayerlari tarqatildi.
Seminar so`nggida mas'ullar vazifador etilib, mahallarda hushyorlikka undovchi targ'ibot tadbirlarini olib borishlari uchun safarbar etildi.
Topshiriq bo'yicha ayni vaqtda ham guruh a'zolari tuman mahallalarida bo'lishib, fuqarolarga tabiiy gaz, is gazi hamda yoqilg'i mahsulotlaridan xavfsiz va oqilona foydalanish borasidagi tag`ibot tadbirlarini olib borishmoqda.
T.Turdiyev,
Qarshi tumani hokimining matbuot kotibi.