Ona diyorimizga barchamiz orziqib kutgan, go‘zal va dilbar fasl – Navro‘zi olam kirib keldi.
Navro‘z – chinakam xalq bayrami, milliy o‘zligimiz ko‘zgusi, ma’naviy va madaniy hayotimizning ajralmas qismidir. Ana shu ulug‘ ayyom – sharqona yangi yil bilan kattayu kichik barcha yurtdoshlarimizni shu qatorda tumandoshlarimizni chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Mana shu qutlug‘ kunda siz azizlarga, sihat-salomatlik, baxt va omad, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.
Tumanimizning har bir oila, har bir xonadonida yaxshi kunlar, to‘y-tomoshalar ko‘p bo‘lsin, xalqimiz omon bo‘lsin!
Barchamizning ezgu orzu-niyatlarimiz ushalsin! Navro‘z bayrami barchamizga muborak bo‘lsin!
B.Yusupov, Qarshi tumani hokimi.