Xalq deputatlari Qarshi tumani Kengashining 82-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tashkilot rahbarlari va boshqa mas’ullar ishtirok etdilar.
Sessiya ishida Qarshi tumani 1-sektor rahbarining 2024-yil I choragi uchun belgilangan “Yo‘l xaritasi” ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda tuman sektorlarini 2024-yil II choragi uchun belgilangan “Yo‘l xaritasi” ni tasdiqlash, Qarshi tumani hududida 2024-yil 1-chorakda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar, Qarshi tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasini samarali amalga oshirish, Suv iste’molchilariga Qarshi tumani ahamiyatiga ega bo‘lgan suv obyektlarida manbalar, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha suv olish limitlarini tasdiqlash hamda boshqa qator masalalar yuzasidan mas`ullarning hisoboti tinglandi.
Sessiyada muhokama etilgan masalalar yuzasidan Kengash qarorlari qabul qilindi.