Qarshi tumani aholi bandligiga ko‘maklashish markazi va "Iyman textile" korxonasi hamkorligida 2023-yil 30-yanvar kuni "Quyi Beshkent" mahallasida joylashgan "Iyman textile" korxonasida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.
Mehnat yarmarkasida 120 dan ortiq xotin-qizlar ishtirok etdi. Ularga "Iyman textile" korxonasida mavjud mos ish o‘rinlari taklif etildi.
Shundan korxonada ishlash istagida bo‘lgan 71 nafar xotin-qiz ro‘yxatga olindi. Ushbu xotin-qizlar hunarga o‘rgatilib, bandligi ta’minlanadigan bo‘ldi.
T.Turdiyev,
Qarshi tumani hokimining matbuot kotibi