Hokimlikning fuqarolar murojaatlari bo'limiga viloyat hokimi bilan uchrashish masalasida so'rov yuborgan fuqarolar uchun viloyat hokimi Murotjon Azimov sektor va boshqarmalar rahbarlari, Qarshi tumani hamda Qarshi shahri hokimlari ishtirokida qabul o'tkazdi.
Qabulga kelgan fuqarolarni muammolari tinglanib, shu joyning o'zida mas'ul rahbarga biriktirilib, ijrosini belgilangan muddatlarda qonuniy ijrosini ta'minlashga kelishib olindi. Ma'lum vaqt yoki asosli bo'lmagan murojaatlar bilan ham to'liq ishlab, haqiqiy holatni murojaatchi va mahalla ahli ishtirokida muhokama qilishga topshiriq berildi.
Ma'lumot uchun, murojaatlar uchun hokimlikning @qvh_murojaat_bot telegram-boti va Fuqarolar murojaatlarini qabul qilish bo‘limining 75 221-07-60 raqami ishlab turibdi.
Qashqadaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati.